UZ

Pochtangiz yo‘qmi? 2 daqiqada oching

Zinapoya’ga kirish uchun elektron pochta kerak. Unga kirish kodi va to‘lov cheki keladi. Pochta bepul, uni telefoningizdan ochish mumkin.

  1. Telefoningizda brauzerni oching va mail.ru saytiga kiring (yoki Mail.ru ilovasini yuklab oling).
  2. «Создать почту» («Pochta yaratish») tugmasini bosing.
  3. Ismingiz, familiyangiz va tug‘ilgan sanangizni yozing.
  4. Pochta nomini tanlang, masalan: alisher.karimov94@mail.ru. Agar nom band bo‘lsa, oxiriga raqam qo‘shing.
  5. Parol o‘ylab toping va uni daftarga yozib qo‘ying. Parolni hech kimga bermang.
  6. Agar telefon raqamingizni so‘rasa, kiriting. Tasdiqlash kodi kelishi mumkin.
  7. Tayyor! Endi Zinapoya’ga qaytib, shu pochtani yozing.

Boshqa pochtalar

Boshqa bepul pochtalar: Gmail (gmail.com) va Yandex Pochta (mail.yandex.ru). Istaganini tanlasangiz bo‘ladi.

Yordam

Qiyinlik bo‘lsa, bizga yozing: info.zinapoya@mail.ru

Orqaga, kirishga qaytish